🇮🇹Italiyada Gran-pri yutgan Yasmina endi 🏴Angliyaga boradi
Bolalar kontentini rivojlantirish markazida yosh iqtidorli xonanda Yasmina Husniddinova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
2025-yil 4-sentabr
Yasmina joriy yil 6-sentyabr kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida boshlanadigan "Britain's Got Talent – 2025" ("Britaniya talantlarni izlaydi") xalqaro tanlovida Vatanimiz nomidan ishtirok etadi.
Uning mazkur xalqaro tanlovda qatnashish uchun Buyuk Britaniyaga borish-kelishi va boshqa xarajatlarini Bolalar kontentini rivojlantirish markazi qo'llab-quvvatlamoqda.
Markaz direktori Jahongir Ahmedov Yasminaga bo'lajak safari oldidan ezgu niyatlarni bildirib, omad tiladi.



