Disney rejissyori Pol Xoen bilan muzokara
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi delegatsiyasi AQSHda mashhur rejissyor, "AQSH Rejissyorlar Gildiyasi" mukofoti ikki karra sovrindori Pol Xoen bilan muzokara o'tkazdi.
2025-yil 30-sentabr
🌍 Qo'shimcha ma'lumot: Pol Xoen Disney kanalining eng sermahsul rejissyori, ko'plab musiqiy filmlari bilan dunyo yosh tomoshabinlarini rom etgan ijodkor.
Uchrashuvda Pol Xoen bilan hamkorlikda multfilmlar ishlab chiqarish, shuningdek, o'zbek estradasi, folklor musiqasini yoshlar uchun kino tilida yanada jozibador tarzda namoyon etish hamda O'zbekistonda bolalar musiqa televideniyesini rivojlantirish masalalari haqida so'z bordi.



